Tashrif davomida talabalar xalqimizning buyuk adiblari hayoti va ijodiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘zbek adabiyotining namoyandalari tomonidan yaratilgan asarlar, ularning milliy ma’naviyat, vatanparvarlik va ma’rifat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, talabalar adiblar haykallari poyiga gul qo‘yib, ular xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarda milliy qadriyatlarga sadoqat, ajdodlar merosiga ehtirom va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» loyihasi doirasida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar talabalarining dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirani asrash va ularning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hamkorlik materiali