Ushbu kinoasar senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Markel Markayda, operator Xose Migel` Agilar ijodiy hamkorligida ishlangan.
Mazkur kinokartina “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida ispaniyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
Kinokartina bosh qahramoni Qamar ismli yigit marhuma onasini sog'inganda Buxoro osmonidagi yulduzlar bilan suhbatlashadi.
Ma'lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Filippin, Belarus`, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog'iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.