Uchrashuvda viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2020-yildagi “Buxoro viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartiralik turar joy fondini 2020/2021-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Zaripov aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularga tezkor yechim topish borasida Federatsiyaning “jamoatchilik guruhlari”ni safarbar qilish, murojaatlar bilan ishlashda samaradorlikni taʼminlash maqsadida, viloyatning har bir dehqon va buyum bozorlarida Federatsiyaning “Tayanch punktlari”ni hamda mahallalar kesimida “Huquqiy maslahat markazlari”ni tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Endilikda respublikamizda ilk bor Buxoro viloyatida har bir MFYlari kesimida “Huquqiy maslahat markazlari” tashkil etiladi.