Zavodning ishlab chiqarish ob’ektlari ish joylarida yonuvchi gazlar, shuningdek, xavfli zaharli gazlarni avtomatik uzluksiz nazorat qilish uchun gaz-analitik tizimlari bilan jihozlangan.
Xususan, korxonadagi Asosiy ishlab chiqarish sexining 1-, 2-, 3- va 4-sonli texnologik bloklarida «General Monitors» korxonasida ishlab chiqarilgan zaharli gazlarni aniqlovchi 41 to‘plamdagi gaz analizatorlari, yonuvchi gazlarni aniqlovchi 80 dona gaz analizatorlari, «Det-Troniks» kompaniyasining havodagi vodorod miqdorini o‘lovchi 12 dona datchiklari foydalanilyapti. Uzoq vaqt ishlashi tufayli 41ta gaz analizatorlari va 32 ta gaz analizatorlari xavfsizlik talablariga javob bermay qolgan edi.
Uch oy davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislari tomonidan ushbu qurilmalarni almashtirish ishlari olib borildi. «Honeywell» kompaniyasining «XNX®- Universal Gas Transmitter» rusumidagi zamonaviy gaz analizatorlari o‘rnatildi.
Shuningdek, zavoddagi Xomashyo va tayyor mahsulotlar sexining to‘rt titulidagi eskirgan «STM-10» signalizatorlari «Honeywell» kompaniyasining «XNX®- Universal Gas Transmitter» rusumidagi 63 ta zamonaviy universal gaz analizatorlari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
O‘rnatishdan so‘ng, har bir asbob foydalanish talablariga javob berishiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati «Buxoro NQIZ» MChJ ma’lumotiga tayanib.
Feruza Jo‘raeva tayyorladi.