“Turkmanistonlik tadbirkor Buxorodagi hududlararo forum haqida soʻzlab berdi” sarlavhali material anjuman ishtirokchisi, “Arassa Bulut” korxonasi direktori Yevgeniy Orlovning agentlik muxbiriga bergan intervyusi asosida tayyorlangan.

Suhbatda Turkmaniston vakili forum haqidagi oʻz taassurotlari haqida soʻzlar ekan, 12-14-iyul kunlari Oʻzbekistonda birinchi Turkmaniston-Oʻzbekiston hududlararo forumi tashkil etilgani, unda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, savdo-sanoat palatalari, mahalliy hokimliklar rahbarlari hamda Turkmanistonning qator kompaniyalari vakillarining ishtiroki yuksak baholangan. deb xabar beradi “Dunyo” AA.

“B2B” va “B2G” shakllarida koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Bir qator maʼruzalar tinglandi. Forum ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish va uning yakuniy qismi yuqori saviyada tashkil etildi. Safar samarali, faol va qiziqarli boʻlib oʻtdi. Forum doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida qator shartnomalar imzolandi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgani va maʼruzachilar yuqori darajada tanlanganini yana bir bor qayd etishni istardim”, — degan Turkmaniston biznes hamjamiyati vakili oʻz intervyusida.