Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Peshku tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda porox va gilzalar saqlashga oid noqonuniy holat bartaraf etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, nazorat ostiga olingan fuqaroning yashash xonadonidan silindrsimon 780 gr. ogʻirlikdagi va yelim idishga solingan 40 gr. ogʻirlikdagi kukunsimon porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar borligi aniqlandi.