Buxoroda oxirgi 2 oyda saksovul bilan bogʻliq 25 ta huquqbuzarlik aniqlandi

    Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 soʻm tovon toʻlashlari belgilangan.

    Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi oxirgi 2 oyda saksovul bilan bogʻliq viloyatda 25 ta huquqbuzarlik aniqlanganini maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 soʻm zarar yetkazilgani hisoblangan va 222 million 900 ming soʻm jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 soʻm tovon toʻlashi belgilangan.

    "Respublikaning barcha hududlarida saksovullarning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda oʻtkaziladi. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qatʼiy qonuniy javobgarlikka sabab boʻladi", deyiladi xabarda.