Poytaxtimizda bo'lib o'tgan “MTO gaz-kimyo majmuasi: Yangi O'zbekiston texnologiyalari” biznes-forumida bir qator davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga O'zbekistonning Buxoro viloyati, Qorako'l tumanida joylashgan MTO texnologiyasi (“metanoldan olefingacha”) asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi va foydalanishga topshirilishi haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi. Forumda majmuaning bosh dizayneri Wood (Italiya) vakili ham so'zga chiqdi.
Umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo'lgan mazkur loyiha 2023-yilning to'rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi va O'zbekiston sanoatini mamlakat uchun strategik muhim xom ashyo hisoblangan olefinli uglevodorodlar bilan ta'minlashi kutilmoqda. Gaz-kimyo majmuasi MDH hududida o'xshashi bo'lmagan metanolni olefinga aylantirish bo'yicha litsenziyalangan texnologik jarayon asosida mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga mo'ljallangan. Qurilish tugallangandan so'ng majmua O'zbekistonda import o'rnini bosishni sezilarli darajada tezlashtiradi, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni ta'minlaydi. SHuningdek, respublikada turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida Qorako'l tumanida bir qator soliq, moliyaviy va sanoat imtiyozlari bilan mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etildi. EIZ hududida ingliz huquqiy rejimi o'rnatiladi, shuningdek, chet el valyutasida biznes yuritishga ruxsat beriladi. Barcha korxonalarni tabiiy resurslar, jumladan, qisman qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash kafolatlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, yangi zavod, shuningdek, eIZdagi turdosh tarmoqlar 2 300 dan ortiq yangi ish o'rni yaratib, kelgusi 20 yilda 2 milliard dollardan ortiq qo'shimcha soliq tushumlarini olib keladi.
— MTO tashabbusi mahalliy resurslardan foydalanish orqali mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari qondiriladigan “o'z maqsadiga javob beradigan” loyihaning ajoyib namunasidir, — dedi Wood (Italiya) kompaniyasining texnik direktori Andrea Ferrera. —Wood kompaniyasi tashkil etilganidan beri ushbu tashabbusning bir qismi bo'lganidan faxrlanishini ta'kidlab, u mamlakatni rivojlantirishga yordam beradi va mijozlarni samarali va ekologik toza muhandislik echimlari orqali zamonaviy ekologik toza texnologiyalardan foydalangan holda loyihani amalga oshirishda qo'llab-quvvatlaydi, deb xabar berdi Energetika vazirligi axborot xizmati.