Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning oʻzida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bu maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini maʼlum qiladi.
Oʻrganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday oʻlim holati kuzatilmagan.
Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor koʻrsatmasisiz va oʻzboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligini yana bir bor eslatib oʻtadi.