Tadqiqot birinchi marta tarkibida ko'p miqdorda shakar mavjud bo'lgan mahsulotlarni, shu jumladan muzqaymoq va pechenyelarni ortiqcha iste'mol qilish buyrakda tosh paydo bo'lishiga sabab bo'lishini ko'rsatdi.

Tadqiqot davomida olimlar 2007-yildan 2018-yilgacha to'plangan deyarli 30 ming ishtirokchi ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Tadqiqot ishtirokchilaridan buyrak toshlari tarixi, shuningdek, ularning parhezi, shu jumladan shakarli mahsulotlarning kunlik iste'moli haqida so'raldi. Tadqiqotchilar shakar miqdori yuqori bo'lgan ishtirokchilarda buyrak toshlari paydo bo'lish ehtimoli ko'proq ekanligini aniqlashdi.

Xususan, tarkibida shakar miqdori ko'p mahsulotlarni iste'mol qilgan ishtirokchilarning chorak qismida buyrak toshlarining vujudga kelish ehtimoli 39 foizga ko'proq bo'lgan. Hozircha bu hodisaning mexanizmlari aniqlanmagan, deb xabar beradi lenta.ru.