Muloqotda delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
— O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Yoshlar parlamentlari tashkil etilganini yuqori baholayman, — deydi Elison Satti. — Bu o‘z navbatida, qonun ijodkorligi jarayoniga ko‘proq yoshlarni jalb qilish, qonunlarda yoshlar manfaatlarini aks ettirish, yoshlar faolligi va jamiyatdagi ishtirokini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Men Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ishtirok etib, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Yoshlar parlamentining axborotlarini eshitib, o‘zim uchun kerakli bo‘lgan bir qator vazifalarni belgilab oldim.
Do‘stona va samimiy kechgan uchrashuvda O‘zbekiston — Buyuk Britaniya hamkorligini yanada kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish muhimligi yana bir bor qayd etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Olyi Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.