Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, bu bir tomondan, koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini kamaytiradi, boshqa tomondan esa ishchilarga, masalan, doʻkon xizmatchilariga ish joylarida infeksiyani yuqtirmaslik ishonchini beradi.

«Sotuvchilar va kassirlar, qoʻriqchilar boshqalarga qaraganda koʻproq koronavirusga moyil boʻlishadi. Va bu ishonchli dalil — statistika. Ushbu kasb egalari oʻrtasidagi koronavirusdan oʻlim darajasi mamlakatdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan toʻrtdan uch baravar yuqori”, dedi Mett Xenkok.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Buyuk Britaniyada 292 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 45 ming kishi vafot etgan.