Sky News telekanalining xabar berishicha Jonson shuningdek, infeksiyaga chalingan va kasallar bilan aloqada boʻlganlar uchun majburiy izolyatsiya bekor qilinishi rejalashtirilayotganini aytdi.

Hukumat vaksinaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, dedi u. Bosh vazirning taʼkidlashicha, epidemiologik barqarorlik aholining vaksina tufayli taʼminlangan immunitetiga bogʻliq boʻladi.

Siyosatchining qayd etishicha, virus tarqalishining oldini olish uchun oʻrnatilgan barcha cheklovlarning bekor qilinishi Buyuk Britaniya aholisiga erkinlikni cheklamasdan oʻzini himoya qilish imkonini beradi. Jonson bu rejaning tafsilotlarini parlamentda bayon qilishi kutilmoqda.

“Ehtiyotkorlikdan voz kechishimiz kerak, demayapman, lekin endi oʻzimizga boʻlgan ishonchni qaytarish vaqti keldi. Biz shunday darajaga yetdikki, muvozanatni hukumat vakolatlaridan, cheklovlardan xoli qilish bosqichiga keldik. Muayyan harakatlar, shaxsiy javobgarlikni ragʻbatlantirish orqali ish koʻrishimiz lozim”, dedi u.

Ayni paytda, hukumatning baʼzi ilmiy maslahatchilari bu infeksiya koʻpayishiga olib kelishi va COVID-19ning yanada yuqumli shtammlariga qarshi mudofaani zaiflashtirishi mumkin boʻlgan xavfli harakat ekanini aytishmoqda.