Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda 1-yilda faqat 1-marta ishtirok etishi mumkin.

Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.

Chaqiriluvchi bilan suhbat oʻtkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:

  • harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqi;
  • huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bogʻliq holatlar;
  • sogʻligʻining holati;
  • bilim darajasi;
  • oilaviy sharoiti va boshqalar.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

  • turnikda tortilish;
  • 100 metrga yugurish;
  • 3000 metrga yugurish.

Tanlov yakunlari boʻyicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik boʻyicha tegishli xulosa qabul qilinadi.