Shu munosabat bilan 2022-yil 1-dekabrdan “Navoiy” (O‘zbekiston) – Kaplanbek (Qozog‘iston) chegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati;

2023-yil 15-fevraldan Qozog‘istonga chiqish yo‘nalishida “S.Najimov” (O‘zbekiston) – “Kazigurt” (Qozog‘iston), “Sirdaryo” (O‘zbekiston) – “Atamaken” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtincha cheklangan.   

Natijada aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda. 

Hozirda mazkur yo‘nalishda “Yallama” (O‘zbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozog‘iston)  chegara bojxona posti tunu kun faoliyat ko‘rsatmoqda.   

Shuningdek, “Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston), “Oqoltin” (O‘zbekiston) – “Selinniy” (Qozog‘iston) chegara o‘tkazish punktlari orqali esa kunning yorug‘ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.

“Gʻishtko‘prik” (O‘zbekiston) – “Jibek Yo‘li” (Qozog‘iston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.