Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori” hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.Sh. fuqaro N.H.ga 3 400 AQSH dollarini 38,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.