Chet eldan yovvoyi o'simlik olib kelish uchun ruxsatnoma kerak?!

    Ruxsatnoma bo'lmagan taqdirda, bu harakat kontrabanda hisoblanishi mumkin.

    Ko'pchilik xorijdan g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni istaydi. Biroq mutasaddilar ushbu harakat kontrabandaga aylanib ketishi mumkinligidan ogohlantiradi.

    Buning uchun qonuniy usullardan birini qo'llash kerakligi aytiladi. Bu olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Bunday ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan beriladi.

    Demak, ruxsatnoma olish shartlari quyidagicha:

    Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilinib, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi

    🔸 ariza beruvchining ma'lumotlari;

    🔸turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kollektsiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

    🔸chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

    🔸 olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat.

    Eslatib o'tamiz, xizmat ko'rsatish muddati 15 ish kunini tashkil etadi.