баннер
30 Mar 2025
04:13

    Chet tili imtihonlarida koʻzi ojizlar uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

    Koʻzi ojiz (I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar) shaxslarga moʻljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

    Koʻzi ojiz (I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda oʻtkaziladi.

    Chet tili imtihoni (koʻzi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi. Talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlari 2025-yil 14-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirok etuvchilar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishi va ruxsatnomani yuklab olishi mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID -karta) bilan kelishlari soʻraladi.

    Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihonning yozma qismi joriy 15-16-fevral kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar boʻlib oʻtadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech