Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihon sanasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, imtihonning yozma qismi — 15-16-fevral kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar boʻlib oʻtadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim« boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.