Chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar salmog‘i ko‘ra eng yuqori top-10 talikdan Mirobod tumani, Navoiy shahri, Yunusobod tumani, Zarafshon shahri, Urganch shahri, Qorovulbozor tumani, Buxoro shahri, Jondor tumani, Kogon shahri va Vobkent tumanlari joy oldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Arnasoy, Sayxunobod, Kasbi, Kegeyli, Qorao‘zak, Bandixon, Tayloq, Toshkent, Uchko‘prik va Sherobod tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan pastroq natija kuzatilgan.
Maktab o‘qituvchilari orasida chet tillaridan sertifikatlarga ega bo‘lganlar ulushi bo‘yicha Yunusobod tumani, Gʻozg‘on, Buxoro, Kogon, Ohangaron, Chirchiq, Termiz, Nurafshon, Angren va Yangiyo‘l shaharlari top-10 talikdan joy olgan bo‘lsa, Zafarobod, Oqoltin, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh, Bulung‘ur, Tayloq, Qo‘shrabot, Oltinsoy tumanlari hamda Xonobod va Yangiyer shaharlarida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatan pastroq natija qayd etilgan.