Avtomobil ixlosmandlari bugundan boshlab "Chevrolet Tracker"ga shartnoma tuzishlari mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Tracker ixcham krossoveri iste’molchi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan.

Chevrolet Tracker narxlari:

- Boshlang‘ich komplektatsiya*: 179 000 000 so‘m;

- LS komplektatsiya: 209 000 000 so‘m;

- LTZ komplektatsiya: 229 000 000 so‘m;

- Premiyer komplektatsiya: 249 000 000 so‘m.