Chexiya bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilindi

    Investitsiyalar 9 Yanvar 2024 600

    Joriy yil 9-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Chexiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashdi.

    Tomonlar hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

    Oʻzbekiston va Chexiya kompaniyalari oʻrtasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va logistika, turizm va tibbiyot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish va ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.

    Chexiya tomoni Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, xorijiy investorlarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi va Chexiya kompaniyalari qoʻllab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.