“Yo'l-transport hodisasi oqibatida ikki ayol va bir o'smir voqea joyida, voyaga yetmagan qiz jonlantirish bo'limida vafot etgan. Ikki nafari kasalxonada”, — deya ma'lum qildi Qozog'iston IIV matbuot xizmati.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, haydovchi yo'nalishning so'nggi bekatida burilishni amalga oshirgan va uni qo'l tormozi holatida qoldirib, avtobusdan tushgan. Nishabda bo'lgan avtobus o'z-o'zidan harakatlana boshlagan va qarama qarshi chiziqni kesib o'tgan va piyodalar yo'lagida piyodalarni urib yuborgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, avtobusning yaroqliligini aniqlash uchun avtotexnik ekspertiza tayinlangan. Haydovchi hibsga olingan, deb xabar beradi mir24.tv.