Chiqindidan qarzi borlar elektr tarmogʻidan uzilayotgani rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindidan qarzi borlar tarmoqdan uzila boshlangani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJning maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlar elektr uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.

    Ayni paytda Farmonga asosan isteʼmolchining chiqindi uchun qarzdorlik haqida ogohlantirilgandan keyin ham toʻlov qilmagan shaxslarning elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy qilish boʻyicha texnik ishlar olib borilayotganligi haqida eslatib oʻtamiz.

    Amaliyot toʻliq ishga tushirilishi bilan OAV orqali rasmiy xabar berilishini maʼlum qilgan holda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar aminlaridan tasdiqlamagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.