Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi oʻrganish natijasida fuqaro M.D. daryo hududiga chiqindilar toʻkib, toʻgʻon hosil qilgan. U bu qonunbuzarligini Quyichirchiq tumanidagi fermer xoʻjalik yerlarini sugʻorish maqsadida Chirchiq daryosining bir oʻzanidan foydalanish uchun amalga oshirganini taʼkidlagan.
Fuqaro bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketavergan.
Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda va hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.