Shahar mutasaddilari muammoga echim topish maqsadida izlanishlar olib borishmoqda. Masalani ijobiy hal etish yuzasidan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rilyapti. Xususan, Chirchiq shahar prokuraturasining hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etish, hunarmandchilikning noyob turlarini ommalashtirish va yanada rivojlantirish, mazkur sohadagi mavjud kasb egalariga zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga banklardan kreditlar olishda yordam berish borasida amalga oshirayotgan ishlari shular jumlasidandir.
Mazkur yo‘nalishdagi hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish va sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan usta hunarmandlarni Chirchiq shahriga jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarga kirishildi.
Shu munosabat bilan Chirchiq shahrida hunarmandlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirga Navoiy viloyatida kashtachilik hamda Farg‘ona viloyatidan adras va gilam to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tajribali hunarmandlar tashrif buyurdi.
Bugungi kunda hunarmandlarga shaharda yashab, ish yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Milliy kasb egalari shu yerda yosh qizlarga kashtachilik sirlarni o‘rgatishsa, hunarmandlar yoshlarga boshqa kasblardan saboq beryapti.
Shaharda milliy kashtachilikni ommalashtirish va yoshlarni unga jalb qilish maqsadida mahalla guzarlarida ustoz-shogird maktablari yo‘lga qo'yildi. Kashtachi ayol Zuhra Burhonovaning ta'kidlashicha, ular yaratayotgan milliy liboslar, jumladan, kelinlarning choponlari avvalo, milliyligi va bejirimligi bilan ajralib turadi.
Liboslar asosan toza adras matodan tikiladi, ularning sirtqi qismidagi bezatilgan ipaklar ham tabiiy. Ipaklar yong‘oq po‘chog'i va piyoz po‘stlaridan olingan bo‘yoqlar bilan bo‘yalganligi sababli yuvilganda ranglari o‘chib ketmaydi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, Buxoroning zardo‘z kiyimlari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Marg‘ilon do‘ppilari, Chust pichoqlarining dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ular jahon bozorida juda xaridorgir.









