Qashqadaryo viloyatida boshlangan sogʻlomlashtirish aksiyasi doirasidagi ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari olimlari hamda mahalliy mutaxassislardan iborat maxsus guruhlar fuqarolarni qabul qilishga kirishdi.
Sayyor qabul davomida tibbiy yordamga ehtiyoji boʻlgan bemorlarni davolash jarayoniga yoʻnaltirish bilan birga, tuman tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, dori-darmon, davolash va kadrlar boʻyicha barcha muammolari ham hal etilishi kutilmoqda.
Sayyor qabul yakunida Chiroqchi tumani boʻyicha oʻrganishlar tahlil qilinib, bu tajriba natijadorligiga koʻra, butun respublikaga tatbiq qilinadi.