Mutaxassislar bir necha ming raqamli tasvirlarni birlashtirib, “Titanik”ning 3D rekonstruksiyasini yaratishdi. Olingan tasvirlarda boshqa narsalar qatori, zang stalaktitlarni, seriya raqamini va avval mavjud bo'lgan zinapoyaning bir vaqtlar turgan joyi ustidagi tuynukni ko'rish mumkin.

Tadqiqotchilar tasvirlarni o'rganish “Titanik” bilan sodir bo'lgan falokat tafsilotlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb hisoblayapti.

Sautgemptondan Nyu-Yorkka ilk sayohatini amalga oshirgan okean layneri 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o'tar kechasi aysberg bilan to'qnashib, cho'kib ketgan. Uning bortida bo'lgan 2224 kishidan 1517 nafari halok bo'lgan.

Kema qoldiqlari Nyufaundlend qirg'oqlaridan taxminan 350 dengiz milyasi uzoqlikda joylashgan. Falokat paytida “Titanik” ikkiga bo'lingan.

“Titanik” Magellan Ltd tomonidan suratga olingan. Suv osti kemalari 200 soat ichida turli burchakdan 700000 ta fotosurat oldi. Natijada cho'kib ketgan kemaning to'liq ko'rinishi yaratildi, deb xabar beradi mir24.tv.