Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish uchun subsidiya berilmoqda

    Baliqchilik xoʻjaliklariga-intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm qolgan turdagi baliqlar uchun 1000 soʻm miqdorida subsidiya mablagʻi berilishi joriy etildi.

    Prezidentimizning 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida klaster korxonalari va naslchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga chetdan keltiriladigan naslli qoramol, qoʻy va echkilar uchun imtiyoz berilishi qoramollar naslini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

    Mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida, “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan tizimli ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida chorvachilikda naslchilik ishini takomillashtirish, keltirilayotgan chorva mollari hisob-kitobini yuritish, chorva mollari uchun mustahkam ozuqa bazasini shakllantirish, fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalari rahbarlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish singari muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qarori muvofiq “2020-2022-yillarda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni sotib olgan xoʻjaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik xoʻjaliklariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.

    Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

    Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga davlat tomonidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi.

    Respublikadagi naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirib sotilgan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million soʻm;

    Xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻmdan subsidiya mablagʻi beriladi.

    Shuningdek, ushbu Nizomga asosan, parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrami uchun 1000 soʻm;

    Chorvachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrami uchun 2 000 soʻm hamda sutning har bir litri uchun 200 soʻm;

    Baliqchilik xoʻjaliklariga-intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm qolgan turdagi baliqlar uchun 1000 soʻm miqdorida subsidiya mablagʻi berilishi joriy etildi.

    Ushbu berilgan imtiyozlardan samarali foydalanuvchilar soni tobora ortmoqda. Jumladan, Nurobod tumani Sazagʻon MMTP hududida parrandachilik yoʻnalishi boʻyicha “Samarqand diyor lyuks” MCHJ tashkil etildi. Hozirgi kunda bu yerda 34 ming bosh tovuq parvarishlanmoqda. Umumiy qiymati 5 milliard soʻmlik bank krediti asosida tashkil etilgan korxonada 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Bundan tashqari, Bulungʻur tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi uchun xorijdan keltirilgan naslli qoramollar uchun 50 million soʻmlik subsidiya mablagʻi berildi. Shunday imkoniyatlardan Jomboy tumanida faoliyat yuritayotgan “Balli Azamatlar” naslchilik fermer xoʻjaligi ham unumli foydalanmoqda.

    Bir soʻz bilan aytganda, hayotga tatbiq etilayotgan huquqiy hujjatlar chorvachilikni yanada takomillashtirish, aholini sifatli va arzon goʻsht, sut, tuxum va parranda mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash imkonini bermoqda.

    Abduvali Xudoyorov,

    “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

    bosh inspektori