Chustda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan fermer xoʻjaligi aniqlandi

    Namangan viloyati Chust tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan fermer xoʻjaligi fosh etildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.T”. fermer xoʻjaligi rahbari X.Z. va fuqaro B.G. xoʻjalikka qarashli bogʻ hududida yer ostiga oʻrnatilgan suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 608,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.