BBC xabar berishicha, bunga ichimliklar tarkibida xloratlarning koʻpayib ketgani sabab boʻlgan.
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, muammo ichimliklar sifatini meʼyoriy talablarga muvofiqligini tekshirish paytida aniqlangan.
“Faqat 328G dan 338G gacha ishlab chiqarish kodlari boʻlgan bankalar va shishalar qaytarib olinishi lozim. Ishlab chiqarish kodini mahsulotning yaroqlilik muddati ostida topish mumkin№, deyiladi xabarda.
Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, standartlarga javob bermaydigan mahsulotlarning aksariyati allaqachon muomaladan chiqarilgan yoki bozorlarga kiritilmagan. Qolgan partiyani olib qoʻyish boʻyicha tashkilot yuqoridagi davlatlarning tegishli idoralari bilan hamkorlik qilmoqda.