“Keyingi oʻn yil ichida taklifning oʻsishi talab oʻsishini ortda qoldiradi, natijada aksariyat tovarlarning narxi real shaklda qoladi yoki pasayadi”, deyiladi FAOning shu haqdagi hisobotida.

Talabning asosiy omili oʻsib borayotgan aholi boʻlib qolmoqda: 2029-yilga kelib, aholi jon boshiga oziq-ovqat bilan taʼminlanishning oʻrtacha darajasi kuniga 3 ming kilokaloriya va 85 gramm oqsilni tashkil etadi. Shu bilan birga, isteʼmol rejasi va prognoz qilinayotgan tendensiyalar daromadlar va rivojlanish darajalariga qarab har bir mamlakatdan boshqasiga oʻzgarib turadi.

Qisqa muddatda pandemiyaning iqtisodiy va ijtimoiy taʼsiri global qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va oziq-ovqat isteʼmoli boʻyicha ijobiy hisoblangan oʻrta muddatli istiqbolni buzmoqda. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, COVID-19 pandemiyasi global oziq-ovqat taʼminoti zanjirlarida misli koʻrilmagan noaniqliklarni keltirib chiqaradi,  natijada mehnat bozori, sanoat, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, logistika sohasi qiyinchiliklarga yuz tutadi.

Hisobotda bardoshli va barqaror oziq-ovqat tizimlarini yaratishda davomli sarmoya zarurligi taʼkidlangan.