Germaniyada sog‘liqni saqlash uchun masʼul bo‘lganlarning barchasi rozi bo‘lgan yagona narsa - bu uzoq masofali poyezdlar va samolyotlarda, shuningdek, klinikalar va shifoxonalarda majburiy niqob taqishdir. Ammo bu safar nemislar, aftidan, maktablar, do‘konlar va korxonalarni yopishmaydi. Biroq vaziyat keskinlashsa yanada qattiqroq choralar ko‘rishi mumkin.

Kofe isteʼmolining koronavirus bilan kasallanish ehtimoliga taʼsiri bo‘yicha yangi tadqiqotning paydo bo‘lishi mamlakatda darhol eʼtiborni tortganligi ajablanarli emas. To‘g‘ri, bu tadqiqotning eksperimental bosqichi bo‘lib, uni Bremen xususiy Jeykobs Uni Bremen universiteti olimlari olib boradilar. Topilmalar shuni ko‘rsatadiki, qahva ichimligidagi baʼzi birikmalar virusning tana hujayralariga kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ertalab bir chashka qahva koronavirus infeksiyasining oldini oladi. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qahva tarkibidagi xinik kislota kabi modda koronavirusga xos bo‘lgan tuzilmalarni qo‘shimchalar ko‘rinishida inson hujayralariga kirib borishini oldini oladi. Ertalab 200 ml hajmdagi filtrlangan qahva ichish kifoya, chunki uning tarkibidagi 100 mg xinik kislota mo‘ʼjiza ko‘rsatib, koronavirus infeksiyasini oldini oladi.