Britaniya Kengashi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim kengashi bilan hamkorlikda Xotin-qizlarning kreativ taʼlim va kreativ sohalardagi imkoniyatlarini kengaytirish mavzusida tashkil etilgan vebinar ayni shu maqsadni oʻzida mujassam etdi.

Vebinarda xotin-qizlarga taʼlim olish imkoniyatini beradigan madaniyatni rivojlantirish, bu boradagi asosiy dolzarb yondashuvlar toʻgʻrisida Britaniyalik ekspert Kler Shayman mulohaza yuritdi. Yana bir Britaniyalik mehmon Shian Praym Asosiy stereotiplar va eskicha fikrlashdan voz kechib, qanday qilib kreativ va keng oʻylash haqidagi taqdimotni namoyish etdi.

Respublikamizda alohida eʼtibor qaratilayotgan mavzuda, yaʼni taʼlim, fan va biznesda yetakchi lavozimlarda muvaffaqiyat qozonish uchun xotin-qizlarni qanday tayyorlash borasida amaliy maslahatlari va maʼruzasi bilan Marta Gasparin ishtirok etdi.

Vebinar davomida Britaniyalik ekspertlar Keyt Tetli va Sara Anna Kennedilar talant va koʻnikmalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun taʼlim, biznes sektori qanday hamkorlik qilishi mumkinligi, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishda zarur boʻladigan omillar xususida soʻz yuritishdi.

Shuningdek, vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi deputatlari, oliy oʻquv yurtlarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari, “Creative Spark” loyiha jamoasi, taʼlimga oid loyihalar vakillari va biznes hamkorlar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari va stipendiatlari ishtirok etdi.

Jamgʻarma Matbuot xizmati