Ertaga kirib kelish fronti sharqqa siljiydi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat respublikaning janubiy va markaziy tumanlarida kechasi va ertalab ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kun davomida yomgʻir yogʻishi kutiladi. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqqacha pasayishi kutiladi.

28-29-yanvarda salqin havo massalarining kirib kelishida respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutiladi, 28-yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha, 29-yanvarda Surxondaryo, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni respublika boʻyicha quruq va salqin ob-havo boʻlishi kutiladi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq atrofida boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 28-29-yanvarda yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, 30-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-31-yanvarda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.