Tezkor tadbir davomida fuqaro J.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasining salonida xorijda ishlab chiqarilgan 336 million soʻmlik 11 200 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.