Qaror bilan “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihaga asosan, davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yoʻnalishlari belgilandi.
Shunga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti joriy etilgan boʻlib, mazkur tajriba-sinov doirasida:
- 2021-yil 1-apreldan Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash huquqi beriladi;
- koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;
- koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;
- koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.