Unda xalqaro standartlar boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Qoʻmita markaziy apparati 14 ta tuzilmasining “ISO37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” boʻyicha ichki idoraviy hujjatlari tahlil qilinib, rahbar va masʼul xodimlar bilan suhbatlar oʻtkazildi.
Shunga asosan, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari tomonidan qisqa muddat ichida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari xalqaro standartlarga toʻla moslashtirildi.
Auditorlar Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatida “ISO37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi”, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, rahbar va masʼul xodimlar oʻz xizmat vazifasiga jiddiy yondashishini qayd etdi.
Audit yakuniy natijalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy appratiga ISO37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha sertifikat berilishini maʼlum qildi.
23-avgust kuni “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha sertifikati topshirildi.