Qarorga koʻra, Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-oʻquv amaliy markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi.
Ilmiy markazning asosiy vazifalari:
-test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish;
-test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash boʻyicha mutaxassislar - testologlarni tayyorlash, bu borada mahalliy va xalqaro oliy taʻlim muassasalari bilan uzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
-shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik oʻlchovlar, chet tillari boʻyicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;
-testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xorijiy tajribani oʻrganish asosida milliy tizimni yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
-xalq aro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish.