Muhokamaga qoʻyilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasida davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishlarini cheklash, shuningdek korrupsiyaga, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topilishi masalalari Qonun darajasida belgilanishi nazarda tutilganligi korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Bu esa nafaqat korrupsiyaviy omillarni, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini barham berilishiga, balki hozirda kuzatilayotgan davlat xaridlari borasidagi noqonuniy bitimlar, shuningdek lobbizimning oldini olishga xizmat qiladi.

Umuman “Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisida”gi Vena konvensiyasi, rivojlangan Angliya, Germaniya, AQSH qonunchiligida ham korrupsiya yoki jinoiy faoliyat natijasida tuzilgan shartnomalar oʻz oʻzidan haqiqiy emasligi belgilangan.

Shuningdek, davlat xizmachilarining boshqa shaxslar nomidan taʼsischi sifatida tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishlariga barham beradi.