Bugungi islohotlar tezligi, hudud va sohalarni rivojlantirish bo'yicha belgilanayotgan marralar davlat xizmatida zamonaviy bilim, ko'nikmalarga ega bo'lgan, salohiyatli, fidoyi kadrlarga ehtiyoj borligini, ularning malakasini tizimli ravishda oshirib borish zamon talabi ekanligini ko'rsatmoqda.

 Shu maqsadda Agentlik tomonidan reja-grafik asosida qator davlatlar bilan sohada hamkorlik qilish masalalari yuzasidan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.  Xususan, Davlat xizmatchilarimizning  davlat boshqaruvi, moliya, bank ishi, xususiylashtirish, fond bozorlari, shaharsozlik, turizm sohalari bo'yicha Singapur tajribasi bilan tanishishi rejalashtirilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv  Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Xasanov  va  O'zbekiston Respublikasining Singapurdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Qahramon Shokirov o'rtasida bo'lib o'tdi.