Bu “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.)da belgilandi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:

  • nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
  • nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
  • avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.

Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • 2028-yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
  • proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.