Unda yosh kinoijodkorlarning "Debyut" tanlovi uchun taqdim etgan kinoloyihalari ko'rib chiqilmoqda.
Taqdim etilgan loyihalar asosan oilaviy va ijtimoiy mavzularda bo'lib,10 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu jarayonda loyiha mualliflarining o'zlari ham ishtirok etishmoqda. Har bir taqdimot hay'at a'zolari tomonidan o'rganilib, ishtirokchilar uchun lozim bo'lgan taklif va tavsiyalar berib borilmoqda.
Tanlov natijalari "O'zbekkino" Milliy agentligining ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qilinadi.
«O'zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati