Olimlarning xulosalari BMJ jurnalida chop etildi.

“Bizning tadqiqotimiz ratsiondagi omega-3 yogʻ kislotalarining yuqori darajasi surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini kamaytirishini koʻrsatdi. Bu dengiz mahsulotlari uchun taalluqli edi, lekin oʻsimlikka asoslangan oziq-ovqatlar ham ushbu moddalarni oʻz ichiga oladi. Umuman olganda biz toʻplagan maʼlumotlar dengiz mahsulotlarining buyraklar salomatligi uchun foydali ekanini isbotladi”, deb yozadi tadqiqotchilar.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, hozirda 880 millionga yaqin bemor surunkali buyrak kasalligidan aziyat chekmoqda. Bu kasalliklarga chalinganlar soni dunyoning koʻp joylarida tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Semizlik va diabet buyrak kasalliklarining rivojlanishi uchun ikkita muhim xavfli omillardan sanaladi. Bularning barchasi olimlarni ushbu surunkali kasalliklarning oldini olish va davolashning yangi usullarini izlashga undamoqda.

Avstraliyaning Sidney shahridagi Yangi Janubiy Uels universiteti professori Jeyson Vu boshchiligidagi guruh omega-3 yogʻ kislotalarining turli xil oziq-ovqat manbalari buyraklar sogʻligʻiga qanday taʼsir qilishini oʻrganib chiqdi. Bunday maʼlumotlarni olish uchun olimlar dunyoning 12 ta mamlakatida yashovchi 25 mingdan ortiq odamning buyraklari holatini tahlil qilishdi.