Sakkiz yillik tadqiqot davomida olimlar 70-73 yoshdagi 2125 ishtirokchini o'rganishdi. Kuzatuv boshida barcha subyektlar sog'lom edi. Ulardan har olti oyda bir marta hid sezish, harakatchanlik va depressiyani aniqlashni o'z ichiga olgan testlardan o'tishlari so'raldi.

Tadqiqot boshida ishtirokchilarning 48 foizida hid sezish qobiliyati yaxshi ekani, 28 foizida hid sezish qobiliyati pasaygani (giposmiya), 24 foizida esa anosmiya, ya'ni hid sezish qobiliyatining kuchli tarzda yo'qolishi tashxisi qo'yilgan. Kuzatuv davomida ko'ngillilarning 25 foizida depressiya sezilarli darajada rivojlandi.

Keyingi tahlillar shuni ko'rsatdiki, hid bilish qobiliyatining kamayishi yoki sezilarli darajada yo'qolishi kuzatilgan odamlarda bunday alomatlar bo'lmagan shaxslarga nisbatan depressiya simptomlari rivojlanish xavfi yuqori bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.