Unda mavjud muammolar jumladan, ichimlik suvi taʼminotidagi uzilishlar va kanalizatsiya tizimida uchrayotgan nosozliklar yuzasidan shikoyat qilingan, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati. Avval ham mazkur qishloq aholisi mahalliy uy-joy mulkdorlari shirkati, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Navoiy shahar boʻlimi, viloyat televideniyesi, shuningdek, Bosh prokuratura, Ombudsman, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ariza bilan murojaat qilishgan. Lekin turli tashkilotlar masalani hal etish oʻrniga javob xati yozishdan nariga oʻtmagan.

Parlamentga murojaatdan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inna Korjikova kanalizatsiya tizimi faoliyati bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga jiddiy eʼtibor qaratdi. Muloqotlar olib borildi va muammo oʻz yechimini topdi. Keyinchalik Navoiy viloyati Uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi N. Jumaniyozov deputatlik soʻroviga tezkor munosabat bildirdi va javob xati yoʻlladi. Unda yozilishicha, Tinchlik qishlogʻida aholi koʻtargan masala ijobiy tomonga oʻzgargan.