Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida terma jamoalar oʻrtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan “Devis Kubogi” doirasidagi Oʻzbekiston - Turkiya uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
Yakkalikning dastlabki uchrashuvida Sanjar Fayziyev Sem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. 2 soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Fayziyev kuchli raqibini 6/3, 6/7(1), 6/4 hisobida magʻlub etdi hamda terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.
Taqoslash uchun, Sanjar Fayziyev ATP reytingida 510, Sem Ilkel esa 189-oʻrinni egallab turibdi. Bugun ikkinchi yakkalik uchrashuvida Sergey Fomin Chelikbelik Altug bilan hisob-kitob qiladi.