2022-yilda jami 8 mln 85 ming nafar yer uchastkasi va undagi koʻchmas mulklari mavjud boʻlgan jismoniy shaxslarga 3 trln 450 mlrd soʻm yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan.

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimovaning maʼlum qilishicha, shundan joriy yilning 28-sentyabr sanasiga qadar 2 trln 5 mlrd soʻm yaʼni 58 foizi toʻlangan. Shuningdek, 4 mln 400 ming nafar fuqarolarning oʻtgan yildan qolgan qarzdorligi bilan qoʻshib hisoblaganda 2 trln 798 mlrd 4 million soʻmlik soliqlari toʻlanmasdan qolmoqda.

Shundan, joriy yilda oylik daromad manbaiga ega boʻlgan 236 ming 6 00 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1 mln 700 ming nafar xodimlarga 1 trln 300 mlrd soʻm hisoblangan.

2022-yilning 28-sentyabr kuniga qadar 636 mlrd 800 mln soʻmi yaʼni 48 foizi toʻlangan, 1 mln 106 ming 400 nafarining 691 mlrd 300 mln soʻmi, 52 foizi toʻlanishi lozim.

Xususan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar tomonidan joriy yilda toʻlanishi lozim boʻlgan 3,3 mlrd. soʻmdan 2,2 mlrd. soʻm (65,9%), Mahalla va oilani qoʻllab quvatlash vazirligi 5,1 mlrd. soʻmdan 3,3 mlrd. soʻm (64,5%), Oliy sud 1,7 mlrd. soʻmdan 1 mlrd. soʻm (62,1%), Adliya vazirligi 2,5 mlrd. soʻmdan 1,5 mlrd. soʻm (60,5%), Suv xoʻjaligi vazirligi 17,2 mlrd. soʻmdan 10 mlrd soʻm (58,2 %), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi 1,7 mlrd. soʻmdan 1 mlrd. soʻm (57,5%), Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi 2,7 mlrd.soʻmdan 1,5 mlrd.soʻm (56,6%), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 4 mlrd. soʻmdan 2,2 mlrd. soʻm (56,0%), Mahalliy hokimiyat organlari xodimlari tomonidan 8,3 mlrd.soʻmdan 4,6 mlrd. soʻm (55,6%), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 2,3 mlrd. soʻmdan 1,2 mlrd. soʻm (54,7%) soliq toʻlovlari 15-oktyabrgacha amalga oshirilishi kerak boʻladi.