Dezinfeksiya tunnellari o‘rniga sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatiladi

    Salomatlik 16 Sentabr 2020 1294

    Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asoslanib dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda.

    Endilikda Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish toʻxtatilib, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz oʻlchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan taʼminlash, shuningdek, kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari boʻlgan sanitayzer-dispanser qurilmalari oʻrnatish amaliyoti joriy etiladi.

    Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish boʻyicha masʼuliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida boʻlib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi.