Buning sababi shundaki, bu yoshda ko'pchilik glyukozaga nisbatan sezgirlikni yo'qotadi yoki qandli diabetga chalinadi. Bu haqda diyetolog Yelena Solomatina aytib o'tdi.
Shifokorning fikriga ko'ra, 50 yoshdan keyin uzum, mango, banan hamda shirin olma iste'molini cheklash zarur. Qandli diabetga chalingan esa butunlay iste'mol qilmagani ma'qul.
Tarvuz va qovun qon bosimining keskin oshishiga olib kelishi mumkin. Ularda juda ko'p miqdorda suv bor va agar ular sho'r ovqatlar bilan birin-ketin iste'mol qilinsa, suyuqlik saqlanib qoladi, bu esa qon bosimining oshishiga olib keladi, deb xabar beradi mir24.tv.